Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Prezidentimizning yana bir xalqaro tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi
BMT Bosh Assambleyasi 2022 yil 11 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi xalqaro tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Maʼlumki, ushbu rezolyutsiya “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi Toshkent konferensiyasi doirasida Prezidentimiz ilgari surgan takliflar asosida ishlab chiqilgan edi. 

Bu tashabbusning qo‘llab-quvvatlanishi, shubhasiz, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi nufuzi ortib borayotganiga yana bir isbotdir.

Ikki yirik mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatishga qaratilgan xalqaro hamjamiyatning umumiy saʼy-harakatlari ushbu rezolyutsiyada alohida taʼkidlandi va  har ikki mintaqa uchun bir qator dolzarb tashabbuslar aks ettirildi. 

Xususan, transport va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini kengaytirish, shuningdek, dengiz portlariga arzon va xavfsiz yo‘l ochuvchi yangi xalqaro transport yo‘laklarini shakllantirish orqali Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirish hamda rivojlantirish tavsiya etiladi. Ushbu hujjatda, shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining 2030 yilga mo‘ljallangan barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish uchun hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdorligi tasdiqlandi.

Ushbu hujjat parlament diplomatiyasini rivojlantirishda ham beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib, unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar uzoq vaqt davomida O‘zbekiston parlamenti aʼzolarining xalqaro faoliyatida asosiy yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi.

Abira Xuseynova,
O‘zbekiston Respublikasi Senati aʼzosi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili