Shu bois, Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili Jahongir Valiyev tomonidan Mingbuloq, Namangan va Chust tumanlari Ichki ishlar organlarining Vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Monitoring tashrifi davomida ushbu hibsxonalarda O‘zbekiston Respublikasining «Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida»gi Qonuni va Ichki ishlar vazirining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 171-sonli buyrug‘i talablariga amal qilinayotganligi o‘rganildi.
Maʼlum bo‘lishicha, Chust tumani Ichki ishlar bo‘limining hibsxonasida saqlash uchun qabul qilinayotgan shaxslar o‘z huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari hamda VHSdagi rejim to‘g‘risida xabardor qilinishi haqidagi maʼlumotlar har bir kamera devorlariga osib qo‘yilmagan.
Shuningdek, monitoring tashrifi davomida hibsxonalarda saqlanayotgan shaxslar bilan jamoaviy va yakka tartibdagi holi suhbatlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan suhbatlar davomida, hibsxonalarda saqlanayotgan shaxslar tomonidan saqlash sharoitlari bo‘yicha shikoyatlar kelib tushmadi.
Murojaatlar asosan tergov va sud harakatlari bilan bog‘liq masalalarda bo‘ldi. Ushbu murojaatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida tushuntirishlar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati