Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qarori bilan Komissiya tarkibi va Komissiya to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.
Komissiya aʼzolari 2022 yilning 16 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzish bilan bog‘liq holatlarni aniqlash maqsadida Qoraqalpog‘istonda ish boshlashi maʼlum qilinadi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijalari eʼlon qilinadi va O‘zbekiston jamoatchiligi va jahon hamjamiyatiga yetkaziladi.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati