Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman ofisida BMTning Vena shahridagi Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining (BMT GJB) odil sudlov va jinoyatchilikni oldini olish dasturi xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 19 iyul kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Vena shahridagi Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining (BMT GJB) odil sudlov va jinoyatchilikni oldini olish dasturi xodimi Vera Tkachenko bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) Kotibiyati mudiri Saidbek Azimov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida dastlab mehmonlarga mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash, aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoniga yangi mexanizmlarning tatbiq etilishi, qiynoqlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, so‘z erkinligini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, uchrashuvda Ombudsman institutining faoliyat yo‘nalishlari hamda so‘nggi yillarda inson huquqlarini taʼminlash yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar haqida so‘z bordi

Taʼkidlanishicha, Ombudsman huzuridagi Qiynoqlarning oldini olish Milliy preventiv mexanizmi doirasida jamoatchilik guruhlari bilan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflariga fuqarolik jamiyati institutlari va OAVlari vakillarining jalb etilishi orqali Ombudsman faoliyatining holisligi hamda ochiq va oshkoraligi taʼminlanmoqda.

Uchrashuvda BMTning Vena shahridagi Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining (BMT GJB) odil sudlov va jinoyatchilikni oldini olish dasturi xodimi Vera Tkachenko O‘zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, kelgusida hamkorlikni yana-da mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini bildirib o‘tdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati