Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Komissiya mahalla kayvonilari bilan suhbatlar o‘tkazdi
Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari inson huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzish bilan bog‘liq holatlar va hodisalarni o‘rganishmoqda.

Komissiya aʼzolari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasida bo‘lib, 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan voqealarda qatnashgan xodimlar bilan muloqotlar qilishdi. Ushbu jarayonda komissiya aʼzolariga ommaviy tartibsizliklar jarayonida foydalanilgan maxsus texnika vositalari ko‘rsatildi. Xususan, tutun chiqaruvchi, rang beruvchi, ko‘zdan yosh oqizuvchi va kuchli tovush chiqaruvchi granatalar, suvga qo‘shiladigan maxsus kukun hamda maxsus texnika vositalarining taktik-texnik xususiyatlari tushuntirildi.

Shuningdek, komissiya aʼzolari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan va muhokamalarga sabab bo‘lgan qizil bo‘yoqlarga oydinlik kiritildi. Yaʼni, ushbu holatlar komissiya aʼzolariga amaliy ko‘rsatib berildi.

Bundan tashqari, komissiya aʼzolari guruhlarga bo‘lingan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Garesizlik”, “Xaliklar dostligi”, “Shayirlar”, “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, fuqarolar, mahalla kayvonilari, yoshlar bilan bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Suhbatlar davomida fuqarolar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Qoraqalpog‘istondagi voqealarning zudlik bilan bartaraf etilishi, tinchlik va osoyishtalikka erishish uchun o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlarni alohida eʼtirof etib, keyingi yillarda  amalga oshirilgan islohotlardan mamnunligini bildirishdi.

Mahalla faollari taʼkidlashicha, tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish bo‘ladi.Mamlakatimizdagi  tinchlik, osoyishtalik bardavom bo‘lsin deya mahalla nuroniylari qo‘llarini duolarga ochishdi.

Komissiya aʼzolarining o‘rganishlari davom etmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati