Qayd etish lozimki, namoyish kuni Maxsus qabulxonaga ham hujum uyushtirilgan natijada darvoza, devorlar va binoga zarar yetkazilgan.
Tashrif chog‘ida, ushbu Maxsus qabulxonada shaxslarni saqlab turish, ovqatlanish, tibbiy xizmat hamda madaniy xordik chiqarishlariga mo‘ljallangan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, saqlanayotgan fuqarolar bilan suxbatlar o‘tkazildi.
Maʼlum bo‘lishicha, Maxsus qabulxonada shaxslarni saqlash xonalari (kameralar) va boshqa obyektlar videokuzatuv moslamalari bilan to‘liq jixozlangan. Monitoringda komissiya aʼzolariga kuzatuv tasvirlari respublika bo‘ylab yagona tizimga biriktirilgani va tasvirlarni o‘chirib tashlashning imkoni yo‘qligi tushuntirildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha tuzilgan komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘istondagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashishdi.
Maʼlumki, jamiyatimizda NNTning o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Ular bevosita halq orasida yurib, ularning kayfiyatlarini va masalalarini o‘rganishda ancha faol
Uchrashuvda “Istiqbol avlod” NNT Nukus filiali, “Yuksak salohiyat” NNT, Bolalar va oilani qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi QR filiali va boshqa NNTlar vakillari ishtirok etishdi.