Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Komissiya aʼzolari tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2022 yilning 27 iyul kuni soat 09:00 dan 13:00ga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Fuqarolar qabuli Komissiyaning ishchi Shtabida o‘tkazildi. Qabul vaqti va manzili haqidagi maʼlumotlar Qoraqalpog‘istondagi OAV va ombudsman.uz sayti orqali eʼlon qilingan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan voqealarda inson huquq va erkinliklarining qanchalik taʼminlanganlik holatlarini o‘rganishda albatta fuqarolar bilan muloqot qilish va ular murojaatlari bilan ishlash muhim ahamiyatga ega. Fuqarolar qabulini o‘tkazishdan maqsad ham huquqiy yordam olishni istagan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularga tegishli tushuntirishlar berishdan iborat.

Qabul davomida 50 nafarga yaqin fuqarolar murojaatlari qabul qilindi. Ombudsman, xalqning ishonchli vakillari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat komissiya aʼzolariga fuqarolar o‘z murojaatlarini ochiq aytishdi va samimiy suhbatlashishdi.

Murojaatchilar tomonidan bo‘lib o‘tgan voqealarda ro‘y bergan hodisalar yuzasidan ko‘plab maʼlumotlar bayon etildi. Shu bilan birga ular nomoyishlar vaqtida aholi orasida vahima ko‘tarilganligining asosiy sabablari sifatida ijtimoiy tarmoqlarda aholi orasida provokatsiya yolg‘on targ‘ibot olib borilganligini muhokamalarga sabab bo‘lganligini bildirishdi.

Fuqarolar qabuli davomida kelib tushgan murojaatlarning barchasi Komissiya nazoratiga olindi.