Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari qanday masalalarni hal qilishdi?
2022 yilning 28 iyul kuni Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasi aʼzolarining onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Assotsiatsiyaning mazkur yig‘ilishi, aʼzolarning 2022 yilning ikkinchi yarim yilligidagi faoliyat yo‘nalishlarini belgilash va chora-tadbirlar rejasiga doir takliflarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Onlayn yig‘ilishda Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari va inson huquqlari bo‘yicha markazlari xodimlarining o‘zaro tajriba almashish va malaka oshirishi va murojaatlar bilan ishlashda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga doir takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida Ozarbayjon Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmani Sabina Aliyeva ishtirokchilarni joriy yilning oktyabr oyida Baku shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyaga taklif qildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati