Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Buxoro viloyatining Jondor tumanida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Mamlakatimizda 2022 yil «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb eʼlon qilinishi hamda aholini mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlardan o‘z vaqtida va to‘laqonli xabardor qilish, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikning rivojlantirishda mahallaning hal qiluvchi rolini va ahamiyatini oshirish maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili tomonidan 2022 yil 3 avgust kuni Buxoro viloyati Jondor tumanidagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida “Po‘loti”, “Oxshix” va “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘inlari faollarini jalb etgan holda navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

Taʼkidlandiki, inson qadrini ulug‘lash – yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash demakdir. Bu borada jamiyatimiz asosi bo‘lgan mahallaning hal qiluvchi roli ahamiyatlidir.

Yig‘ilishda davlat organlari va tashkilotlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilishning yangi usul va vositalarini yaratish, bunda mahallalardagi yoshlarga tadbirkorlik sir-asrorlarini o‘rgatish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirish muhim ekani qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan Davlat rahbari tashabbusligida boshlangan bosh mezoni “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish bo‘lgan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi eʼlon qilinganligini, ushbu strategiya yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat etib belgilanganligini taʼkidladilar.

Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova mintaqaviy vakil faoliyatini amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamkorligi masalalarida bir qator takliflarini bildirdi.

O‘zaro savol-javob va erkin muloqot ruhida o‘tgan tadbirda navbatdagi Ombudsman maktablarida ko‘tarilishi zarur bo‘lgan sohalar bo‘yicha ham takliflar olindi.

Tadbirda so‘z olgan “Po‘loti”, “Oxshix” va “Zarafshon” mahalla raislari ham inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning muhim ekanligiga eʼtibor qaratdilar. Shuningdek, ular kelgusida bunday tadbirlarni o‘tkazishda Ombudsman instituti mintaqaviy vakili bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati