Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qoraqalpog‘istondagi holatlar yuzasidan komissiya aʼzolari fuqarolar murojaatlarini muntazam qabul qilishmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha fuqarolar murojaatlarini o‘rganishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Bunda asosiy eʼtibor inson huquqlarining taʼminlanish holatlari, xususan, huquq tartibot idoralari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar izchil o‘rganilmoqda.

Qayd etish lozimki, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari tomonidan Komissiyaning ishchi Shtabida fuqarolar qabuli muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Olingan har bir murojaat Komissiya tomonidan nazoratga olinib, tegishli choralar belgilanmoqda.

Shuningdek, Komissiya tashabbusi bilan ishga tushirilgan1374 qisqa raqamli koll-markaz tomonidan fuqarolarning Qoraqalpog‘istondagi holat va sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan murojaatlari qabul qilinmoqda.

Agar Sizda mavzuga doir murojaat bo‘lsa, 1374 qisqa raqamli ishonch telefoniga yoki Komissiyaning ishchi Shtabida o‘tkazilayotgan fuqarolar qabuliga kelishingiz mumkin.Manzil: Nukus shahri, G‘arezsizlik ko‘chasi (mo‘ljal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi binosi, 3-qavati)

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati