Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘rganayotgan komissiya yig‘ilishida to‘plangan maʼlumotlar tahlil qilindi va keyingi rejalar belgilandi
2022 yilning 11 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda komissiya aʼzolari bilan birgalikda, “Madad” bepul yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkiloti, “Demokratiya va inson huquqlari instituti”, Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi, “Gumanitar huquqiy markaz”, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi kabi qator faol nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va OAV ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda dastlab nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari Komissiyaning 16–29 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha faoliyati bilan tanishtirildi. Xususan, bir qator davlat organlari va idoralariga, ijtimoiy obyektlarga, xususan  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, Ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga, harbiy va ichki ishlar gospitallariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, yaʼni Milliy gvardiyaga, Nukus shahar Ichki ishlar bo‘limiga, Nukus shahridagi Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugga, Nukus xalqaro aeroportiga tashrif buyurilganiga to‘xtalindi.

Shuningdek, Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan tibbiyot birlashmalariga murojaat qilgan shaxslar va o‘sha kungi voqealar natijasida jabrlanganlar bilan, jabrlanganlarning holati, ularga ko‘rsatilgan tibbiy yordam xususida suhbat o‘tkazib, voqealarga aniqliklar kiritgani, ushbu shaxslarga nisbatan prokuratura va ishchi ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar o‘rganilgani qayd etildi.

Yig‘ilishda Komissiya aʼzolari tomonidan Qoraqalpog‘istonda mustaqil ravishda o‘rganish olib borilgani va aniqlangan faktlar har tomonlama o‘rganilayotganligiga urg‘u berildi.

Yig‘ilishda so‘z olgan nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ham xalq orasida ko‘p ko‘tarilayotgan savollar va ularga yuborilayotgan murojaatlar haqida to‘xtalib, Komissiyaning keyingi faoliyatida o‘rganilishi kerak bo‘lgan jihatlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati