Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiyda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etilmoqda
2022 yilning 12-13 avgust kunlari Navoiy viloyati, Karmana tumanining “Malik” va “Degoroniy” MFYlarida Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djurayev Karmana tumani hokimi o‘rinbosari, tuman oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Djalilova, tuman mahalla va nuroniylarni ko‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i G.Jumayevlar ishtirok etishdi.

Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakiliga yuborilgan murojaatlarda uy-joy olish, yer ajratish, moddiy yordam, ishga joylashtirish kabi masalalar ko‘proq ko‘tarilgani sababli tadbir ayni mavzularga bag‘ishlandi.

Shuningdek, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ni yuritilishi va ularga qanday toifadagi, sharoitdagi oilalar hamda  fuqarolar kiritilishi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tamoyillari haqida ham maʼlumot berildi.

Fuqarolar bilan uchrashuvda xalq farovonligini oshirish maqsadida aholiga yaratilayotgan sharoitlar, inson huquqlarini taʼminlash yo‘lidagi islohotlar mustaqillik sharofati bilan ekanligiga alohida urg‘u berildi.

Tadbir doirasida fuqarolar murojaatlari ham qabul qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati