Komissiya faoliyati shu kunga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning ombudsman.uz sayti va boshqa OAV orqali keng yoritilib borilayotgan edi.
Endilikda mahalliy va xalqaro keng jamoatchilikka Komissiya o‘rganishlari bo‘yicha axborot olishda qulaylik yaratish maqsadida https://t.me/commissionuz Telegram kanali ishga tushirildi. Bunda ko‘p sonli aholimizning ko‘proq Telegram ijtimoiy tarmog‘idan nisbatan faol foydalanishi eʼtiborga olindi.
Shu tariqa Komissiyaning Qoraqalpog‘istondagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha eʼlon qilgan materiallari bir joyga jamlandi.
Hozirda Komissiyaning to‘plagan maʼlumotlari har tomonlama tekshirilmoqda va Qoraqalpog‘istondagi navbatdagi o‘rganishlar boshlab yuborildi.
Komissiya faoliyatiga oid xabarlar bilan eng birinchi https://t.me/commissionuz Telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.
Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati