Shu nuqtai nazardan Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘istondagi voqealarda qo‘lga olingan shaxslarga himoyalanish huquqining taʼminlanganligi bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borishdi.
2022 yilning 15 avgust kuni Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari Maxmud Abdijaliyev hamda Advokatlar palatasining QR hududiy boshqarmasi boshlig‘i Baxrombek Arzimbetov bilan uchrashishdi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar paytida qo‘lga olingan shaxslarning huquq va erkinliklarini, xususan, himoyalanish huquqini taʼminlanishi, ularga qay tartibda advokatlar ajratilgani masalalari muhokama qilindi.
Holatni obyektiv o‘rganish maqsadida Komissiya aʼzolarining Qoraqalpog‘istondagi holatlar va voqealar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha ayblanayotgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilayotgan advokatlar bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.
Shuningdek, Komissiya aʼzolari tomonidan Shtabga kelgan fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.
Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati