Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namoyishda ishtirok etgan shaxslar advokatlarining fikrlari o‘rganildi
Avval xabar berganimizdek, Komissiya aʼzolari namoyishlar paytida qo‘lga olingan shaxslarga himoyalanish huquqining taʼminlanganlik holatini o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Advokatlar palatasining QR hududiy boshqarmasi vakillari bilan uchrashishgan edi.

Holatni obyektiv o‘rganish maqsadida 2022 yilning 16 avgust kuni Qoraqalpog‘istondagi holatlar va voqealar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha ayblanayotgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilayotgan advokatlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

O‘zaro suhbat davomida advokatlarga Komissiya, uning tashkil etilish asoslari, faoliyati va shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha qisqacha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi voqea va holatlar bo‘yicha olib borilayotgan tergov harakatlari haqida advokatlarning fikrlari o‘rganildi. Xususan, tergov hibsxonasida himoyasi ostidagi shaxslar bilan uchrashish bo‘yicha to‘sqinlik qilish, ushlab turilgan shaxslarga yaqin qarindoshlari tomonidan yo‘qlovlar kiritish holatlari, tergov harakatlari davomida qiynoqqa yo‘l qo‘yish holatlari bo‘yicha himoya ostidagilar xususida maʼlumot olindi.

Shuningdek, tergov xonalarining video kuzatuv kameralari bilan taʼminlanganligi va advokatlarning videoyozuvlarni so‘rab olish huquqidan foydalanganliklari bo‘yicha maʼlumot olindi.

Shu kunning o‘zida Komissiya shtabiga kelgan 20 nafarga yaqin fuqaroning murojaatlari qabul qilindi

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati