Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Advokat va fuqarolar fikrlari o‘rganildi
2022 yilning 18 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari ishni advokatlar bilan uchrashishdan boshladi.

Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga jalb qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan advokatlar bilan navbatma-navbat uchrashib, har bir holatni sinchiklab o‘rganishmoqda.

Mazkur uchrashuvda eng avvalo, jinoyat ishiga jalb qilingan shaxslar bilan uchrashish bo‘yicha qarshiliklar bor yo‘qligi so‘raldi.

Shuningdek, Advokatning himoyasida bo‘lgan shaxsning hozirgi holati va u tomonidan biror bir masalada shikoyat va eʼtirozlar bildirildimi degan savollarga javob olindi.

Advokatlar tomonidan mijozining jinoyat ishiga bog‘liq holatlar, tergov jarayonlarining borishi va boshqa holatlar bo‘yicha axborotlar bayon etildi.

Aytish lozimki, Komissiya shtabiga murojaat qilish istagida kelgan fuqarolar soni ham oshib bormoqda.

Advokatlar bilan uchrashuvdan so‘ng, darhol fuqarolar murojaatlari qabul qilindi. Baʼzi murojaatchilar bundan oldin Komissiyaga taqdim qilgan murojaatlari bo‘yicha tegishli tashkilotlardan javob xatlari olishganini bildirishdi. Fuqarolar murojaatlari tegishli tartibda o‘rganilib, nazoratga olinayotganini ijobiy baholashmoqda.



Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati