Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarning kelib chiqish sabablari har tomonlama o‘rganilmoqda
20 avgust kuni Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘iston hududidagi chegara o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekistonga kirib-chiqqan  avtotransport vositalari  xususida  QR Bojxona xodimi bilan uchrashishdi.

Muloqot davomida so‘nggi oylarda mamlakat hududida xorijiy davlatlardan  kelgan shaxslar va olib kirilgan tovar hamda boshqa hom-ashyo mahsulotlari bo‘yicha statistik maʼlumotlar tahlil qilindi.

Qoraqalpog‘istondagi maʼdaniy markazlar rahbarlari bilan uchrashuv xam tashkil etildi

Shuningdek, Komissiya shtabiga kelgan murojaatchilar  ham qabul qilindi. Fuqarolar tomonidan ularning Komissiyaga qilgan avvalgi murojaatlari asosida farzandlarining qayerda saqlanayotgani haqida maʼlumot taqdim qilingani aytildi. Baʼzi murojaatchilar farzandlari bilan telefon orqali suhbatlashganlarini ham bildirishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati