Sayyor qabulda 20 nafar mahkum va mahbuslar murojaat qilgan bo‘lsa, shundan 8 tasi mintaqaviy vakil tomonidan nazoratga olindi. Jumladan, 2 nafar mahbus sud jarayonlarida Ombudsman mintaqaviy vakilining kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini so‘rab murojaat qilishdi.
Qolgan murojaatlari bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shu kunning o‘zida “Ombudsman qutisi” orqali mintaqaviy vakilga yuborilgan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning belgilangan qismini o‘tab bo‘lgan mahkumlarga insonparvarlik dalolatnomasini qo‘llash bo‘yicha murojaatlar jazoni ijro etish muassasa rahbarlari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati