Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili “Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlar masalalarini o‘rgandi
2022 yilning 17 avgust kuni Ombudsmanning Sirdaryo viloyatdagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov Viloyatning Mirzaobod tumani, “Toshkent” mahallasidagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining sudyasi S.Mirzaboyev ham ishtirok etdi.

Qayd etish lozimki, 2022 yilning 14 mart kuni 145-sonli Hukumat qarori bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi.

Hozirda “Ayollar daftari” bo‘yicha ko‘rsatilgan yordamlar tufayli bugun Sirdaryo viloyatida hayotidan rozi xotin-qizlar safi kundan-kunga oshib bormoqda. Ularning ko‘pchiligi ishli bo‘lib ro‘zg‘origa baraka keltirayotgan bo‘lsa, yana aksariyati o‘z tadbirkorligini yaratib mahalladoshlari, qo‘ni-qo‘shnilarining bandligini taʼminlamoqda.

Lekin shunga qaramay, Ombudsman mintaqaviy vakili mamlakatmizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida aholining to‘liq xabardor emasligi aniqlandi.

Shuning uchun uchrashuvda dastlab ayni jihatlarga to‘xtalindi va xotin-qizlar tomonidan berilgan barcha savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda 3 nafar fuqarodan Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakiliga murojaat kelib tushdi va ular nazoratga olindi.

Shuningdek, Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov tashabbusi bilan Sayhunobod tumani “Shodlik” MFYdagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar xonadoniga tashrif buyurilib, ularga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligi va samaradorligi o‘rganildi. O‘rganish tadbirida Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Yunusaliyev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat Kengashi mehnat huquqi inspektori Sh.Umaraliyeva hamda tuman Shodlik MFYning xotin-qizlar faoli G.Ro‘ziyevalar ham ishtirok etishdi.

Aniqlanishicha, hozirgi kunda Sayhunobod tumani “Shodlik” MFYda 73 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilib, 6 ta toifa bo‘yicha xotin-qizlar ro‘yxatga olingan. Shundan, 18 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar, 2 nafari tadbirkorlik istagida bo‘lganlar, 12 nafari boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar, 11 nafari ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, 19 nafari uy–joyga muhtojlar va 11 nafari qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlardir.

O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 10 nafardan ortiq oilalar, jumladan, tadbirkorlik istagida bo‘lgan N.A. va 2-guruh nogironi bo‘lgan Yu.A. xonadonlariga borib, suhbatlashildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, xotin-qizlarga huquqiy tushuntirish berildi, ular sharoitlari o‘rganildi va murojaatlari qabul qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati