Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qo‘qon shahrida Ombudsmanning Farg‘onadagi mintaqaviy vakili va tegishli davlat idoralar vakillari tomonidan sayyor qabul tashkil etildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov tomonidan Qo‘qon shahar hokimi, shahar prokurori va tegishli idora rahbarlari bilan birgalikda Qo‘qon shahrida joylashgan istirohat bog‘ida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul jarayonida jami 25 nafardan ortiq fuqarolar turli masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Qabulda uy-joy, mol-mulk, ishga joylashtirish, ishga tiklash, ish xaqini undirish, ijtimoiy moddiy yordam va boshqa masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Ularning tegishliligi bo‘yicha davlat organlari va idoralari vakillariga yo‘naltirildi.

Qabulda hokimiyat, prokuratura va boshqa tegishli idoralar vakillari ishtirok etgani uchun ko‘plab masalalar joyida hal etildi, qolganlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili ham qator murojaatlarni qabul qildi va nazoratga olindi.

Shuningdek, jamoaviy suhbatlar o‘tkazilib, fuqarolarga Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati va murojaatlar bilan ishlash tartibi haqida maʼlumot berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati