Fuqarolar Komissiya faoliyatidan @commissionuz Telegram kanali orqali muntazam xabardor bo‘lib turishayotgani va xabarlarni qoraqalpoq tilida ham berib borilayotganidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
Shundan so‘ng, Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga jalb qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan advokatlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Advokatlar bilan uchrashuvlarda asosiy eʼtibor, ularga mijozlari bilan ko‘rishishga qarshiliklar bor yo‘qligi, shuningdek, advokatning himoyasida bo‘lgan shaxsning hozirgi holatiga qaratildi.
O‘zaro muloqotda advokatlar tomonidan mijozining jinoyat ishiga bog‘liq holatlar, tergov jarayonlarining borishi va boshqa holatlar bo‘yicha axborotlar bayon etildi.
Komissiya aʼzolarining prokuratura organlari masʼul xodimlari bilan bo‘lgan uchrashuvda Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan holatlar va voqealar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlariga oid maʼlumotlar olindi. Xususan, tergov harakatlarining qonunchilikka muvofiq olib borilayotganligi, ushlab turilgan shaxslarning ahvoli, advokatlar bilan taʼminlangani va tergov jarayonida himoyachining doimiy ishtiroki va ularga yaratilgan sharoitlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu kunning o‘zida Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda 30 nafarga yaqin yigit-qizlardan anonim so‘rov olindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati