Bunda asosiy eʼtibor yuz bergan holatlar va voqealarda ishtirok etib, jinoyat sodir etganlikda ayblanib, qamoqqa olinganlarning qilmishlaridan pushaymon ekanliklari, shuningdek ularni saqlash shart-sharoitlari inson huquqlari tamoyillari asosida tashkil etilayotganligi va mazkur holatlar xolis o‘rganilishiga qaratilmoqda.
Shuningdek, Komissiya aʼzolari tergov hibsxonasida saqlanayotgan qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan, oilaviy sharoiti va ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgan shaxslar bilan uchrashishga katta eʼtibor qaratmoqda.
Maʼlumki, mamlakatimizda olib borilayotgan insonparvarlik, bag‘rikenglik siyosati negizida inson qadrini ulug‘lash, kechirimli bo‘lish, ularga yengillik berish kabi g‘oyalar mujassam.
Shu nuqtai nazardan Komissiya aʼzolari tergov hibsxonasida saqlanayotgan hamda surishtiruv jarayonlarida o‘z qilmishidan chin dildan pushaymon bo‘lgan shaxslar bilan uchrashishni, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari tomonidan keltirilgan vajlarni xolis tekshirishni maqsad qilgan holda o‘rganuvlarni olib bormoqda.
Komissiya fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va tegishli tartibda o‘z taklif va xulosalarni berishni rejalashtirgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati