Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Komissiya baʼzi fuqarolarning qamoq ehtiyot chorasini yengilrog‘iga almashtirish masalasini o‘rganmoqda
Komissiya aʼzolari tomonidan bo‘lib o‘tgan holatlar va voqealarda ishtirok etgan hamda jinoyat sodir etganligi uchun qamoqqa olinganlarning saqlash shart-sharoitlari o‘rganilib, ular bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda.

O‘rganish davomida sodir etgan qilmishlaridan pushaymon bo‘lgan, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari bor, shuningdek oilaviy sharoiti va ijtimoiy holati og‘ir hamda oilada yolg‘iz boquvchi bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati shakllantirildi.

Komissiya mazkur shaxslarga insonparvarlik tamoyilini qo‘llagan holda jamoatchilik kafilligi asosida ularga mahalliy tuman kengashlari deputatlarini biriktirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga murojaat kiritdi.

Hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida Komissiya aʼzolari va mahalliy kengash deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda. Unda saylov okrugidagi elektorat aʼzolari orasidan gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb qilingan shaxslarning holati o‘rganilgani masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

14 nafar Komissiya aʼzosi tomonidan  sodir etgan qilmishlaridan pushaymon, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari bor, shuningdek oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan shaxslar bilan deputatlarning uchrashishlari va ularni kafillikka olish masalasi ilgari surilmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati