Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiydagi jazoni ijro etish muassasalarida Mustaqilligimizning 31 yilligiga munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi
Bayram arafasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV  huzuridagi JIED Beshinchi mintaqaviy hudud markazi hamkorligida Navoiy shahridagi 11-sonli jazoni ijro etish koloniyasi xodimlari va koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar uchun mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilarga mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, ularning mohiyati tushuntirilar ekan, inson huquqlarini taʼminlash yo‘lidagi islohotlarga alohida to‘xtalindi.

Shundan so‘ng mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 12 nafar mahkumga ozodlikka chiqqandan so‘ng duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish maqsadida shaxsini tasdiqlovchi ID-kartalar topshirildi.

Tadbirda Navoiy viloyati madaniyat boshqarmasi  ijodkorlari, namunali maqom ansambli xonanda va sozandalari tomonidan katta  konsert dasturi namoyish etildi.

Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar viloyatdagi 4, 5, 12-sonli jazoni ijro etish koloniyalarida hamda 36-son Manzil koloniyasida ham o‘tkazildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati