Bunda ushbu fuqarolarning Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarda sodir etgan qilmishlaridan pushaymon ekanligi, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi, shuningdek oilaviy sharoiti og‘ir ekanligi, baʼzi shaxslarning oilada yolg‘iz boquvchi bo‘lganligi eʼtiborga olindi.
Qayd etish lozimki, Komissiya aʼzolari o‘z faoliyatini boshlaganidan buyon fuqarolar murojaatlarini o‘rganishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Har bir murojaat darhol o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bugun 24 nafar gumonlanuvchining jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarilishi ham ushbu say-harakatlarning natijasidir.
Komissiya aʼzolari xolis xulosani tayyorlashni murojaatlarni o‘rganishdan boshlagan. Uning faoliyatiga oid yangiliklar bilan @commissionuz telegram kanali orqali tanishib borishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bo‘lib o‘tgan voqealarni har tomonlama chuqur va xolisona tergov qilish bo‘yicha tergov jarayonlari davom etmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati