Joriy yilning 7 sentyabr kuni 10 nafarga yaqin fuqarolar murojaat qilishdi. Namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlanayotgan shaxslarning oila aʼzolari fuqarolarning Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarda sodir etgan qilmishlaridan pushaymon ekanligi va oilaviy sharoitlarini eʼtiborga olib yengillik berilishida yordam so‘rashdi.
Shuningdek, Komissiya tashabbusi bilan ishga tushirilgan 1374 qisqa raqamli koll-markaz tomonidan fuqarolar murojaatlari qabul qilinmoqda.
Mustaqil Komissiyaga maxsus @Independentuzb_bot orqali onlayn murojaat yuborish imkoniyati yaratilganligini ham eslatib o‘tamiz.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati