Shu kabi uchrashuvlardan biri 2022 yil 7 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi elchixonasida bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ham ishtirok etdi.
Ombudsman Feruza Eshmatova o‘z nutqida O‘zbekistonda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalar ekan, bu boradagi ishlar Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi” doirasida mantiqiy davom etishiga to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, vatandoshlarimiz Ombudsman institutining murojaatlar bilan ishlash, qiynoqlarga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati bilan tanishtirildi.
Shu bilan birga Ombudsman hozirda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, boshqa davlatlardagi Ombudsmanlar bilan memorandumlar imzolash orqali o‘zga yurtlarda yashayotgan fuqarolarimiz murojaatlarini birgalikda ko‘rib chiqish choralari ko‘rayotganini qayd etildi.
Ombudsman yurtdoshlarimiz bilan o‘tkazilgan uchrashuvda asosiy eʼtiborini ularning yashash sharoitlari, musofirchilikda duch kelayotgan muammolarini o‘rganishga qaratdi va vatandoshlarimizning fikrlarini diqqat bilan eshitdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati