Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Komissiya aʼzolari fuqarolar murojaatlarini o‘rganishmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari 2022 yilning 13 sentyabr kunidan yana Qoraqalpog‘istonda ish boshladi.

Komissiya shtabiga kelayotgan fuqarolarning ko‘paygani sababli dastlab komissiya aʼzolar ular murojaatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanishadi.

Fuqarolarning Komissiya shtabiga kelib, ko‘p vaqt kutib qolishlarini va ortiqcha vaqt yo‘qotishlarini oldini olish maqsadida, qabul uchun https://t.me/independetuz_bot orqali navbatga yozilishlari hamda o‘zlariga munosib vaqtni tanlashlarini so‘raymiz.

Komissiya aʼzolari tomonidan https://t.me/independetuz_bot kanalidan ro‘yxatdan o‘tgan murojaatchilar belgilangan vaqtlarda qabul qilinadi. Qolganlar esa avvaldan yozilmaganliklari sababli ularni kutib qolishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Fuqarolarga yaratilgan ushbu qulaylikdan samarali foydalanishingizni so‘raymiz.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati