Shu kuni Komissiya shtabiga kelgan 60 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.
Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, olib ketilgan shaxslarning oila aʼzolari bilan muloqot davomida ular tomonidan keltirilgan vajlar o‘rganish uchun qabul qilindi.
Murojaatchilarga tergov jarayonlarining davom etayotgani, Komissiya aʼzolari o‘z vakolatlari doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqib, tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishlari tushuntirildi.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati