Fuqarolar qabuli @independetuz_bot yordamida tuzilgan elektron navbat asosida belgilangan vaqtlarda o‘tkazilgani sababli navbatlar yuzaga kelmadi.
Qabulga kelgan murojaatchilar fuqarolarga yaratilgan qulaylik uchun minnatdorchilik bildirishdi.
Shu kuni Komissiya aʼzolarining bir qismi 13 sentyabr kuni qabul qilingan murojaatlarni o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Mazkur 60 nafar fuqaro murojaatlari tegishliligi bo‘yicha Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligiga yuborildi
Murojaatlarda ko‘rsatilgan vajlarni tahlil qilish davomida joyiga chiqib o‘rganish lozim bo‘lgan holatlar belgilab olindi.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati