Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Tergov jarayonlarida qiynoq qo‘llanilgani bo‘yicha eʼlon qilingan xabar Ombudsman nazoratiga olindi
2022 yilining 15 sentyabr kuni Vodiy24.uz telegram kanalida “Andijonda hali ham eski tuzum saqlanib qolganmi?” nomli videoxabar eʼlon qilindi. Unda ayni kunlarda andijonlik 5 nafar yigit ishi apellyatsiya sudida ko‘rilayotgani, sud jarayonida ayblanuvchilarning hech biri aybiga iqror emasligi, ruhiy va jismoniy bosim asosida tergov qilingani aytilmoqda.

Davlat rahbarining 2021 yil 26 sentyabrdagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan Ombudsman huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlarini tashkil etish va ularga qiynoqqa solish holatlarini aniqlash hamda ularni tezkor bartaraf etish bo‘yicha talabnomalarni tegishli davlat organiga taqdim qilish va qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish kabi vazifalar yuklatilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qiynoqqa oid tarqalgan mazkur xabar Ombudsman nazoratiga olingani va bu bo‘yicha batafsil maʼlumot taqdim etilishini maʼlum qilamiz. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati