Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bola huquqlari bo‘yicha vakil bog‘chada zaharlangan 41 nafar bola holatini joyiga chiqib o‘rgandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotida 41 nafar bolalar zaharlanganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ushbu xabarlar asosida joriy yilning 17 sentyabr kuni Bola huquqlari bo‘yicha vakil A.Yunusova Oltiariq tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi va maktabgacha taʼlim muassasalarida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish o‘tkazilgan kunda Oltiariq tumanidagi 22, 39-sonli va Marg‘ilon shahridagi 16, 24 sonli MTMda tarbiyalanuvchi  bolalarni tuman va shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat etganligi aniqlandi.

Shifokorlar va bolalarning ota-onalari bilan suhbatlashilganda bemorlarning ahvoli yaxshilanayotgani qayd etildi. Baʼzi bolalarning sog‘lig‘i yaxshilanganligi sababli ular uyiga javob berilgan.

Oltiariq tumanidagi 39-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurilganda bog‘chaning sanitariya-gigiyena holati, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, kadrlar malakasi, taomnomalar va bolalarning o‘ynash va dam olish sharoitlari o‘rganildi va tegishli maʼlumotlar o‘rganish uchun olib ketildi. O‘rganish davomida Aliya Yunusova tomonidan bildirilgan baʼzi eʼtirozlar joyida bartaraf etildi.

Mazkur holat yuzasidan Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan tahliliy maʼlumot tayyorlanib, yuqoridagi kabi holatlarni oldini olish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli davlat idoralariga yuborilishi maʼlum qilinadi.

Yuqoridagi MTMdagi holatlar Bolalar Ombudsmanining qatʼiy nazoratida turibti.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati