Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
«Ombudsman maktabi» loyihasi doirasida Namangandagi fuqarolarning huquqiy xabardorligi oshirildi
2022 yilning 23 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Namangan viloyati Kasaba uyushmalari Federatsiyasida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.

“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishda Namangan viloyat hokimligi, mahalliy Kengash deputatlari, viloyat Adliya boshqarmasi, Markaziy banki, Namangan viloyati Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq banki boshqarmasi, viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, viloyat Nogironlar assotsiatsiyasi, Hunarmand uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi xududiy boshqarmasi, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va faollar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, NNTMA Namangan viloyat xududiy boshqarmasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyat Kengashi, Viloyat hokimligining Diniy masalalar bo‘yicha kotibiyat vakillari aholining ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida, xususan keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish masalalari to‘g‘risida keyingi yillarda olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berishdi.

Shuningdek, mehnatga, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga va mehnatni muhofaza qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni masalalariga alohida to‘xtalindi.

Qayd etish lozimki, ushbu mavzular Ombudsmanga yuborilayotgan fuqarolar murojaatlari tahlili asosida tanlangan.

“Ombudsman maktabi” loyihasini amalga oshirishdan maqsad –aholini mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi tub o‘zgarishlar to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishdan iborat.

Tadbirda so‘z olgan, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili J.Valiyev kelgusida “Ombudsman maktabi” doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda ko‘tarilishi kerak bo‘lgan mavzular bo‘yicha ishtirokchilar fikrlarini o‘rgandi. Shu bilan birga Ombudsman institutiga murojaat yuborish usullariga to‘xtaldi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati