Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman Surxondaryoda sayyor qabul o‘tkazdi
2022 yilning 29 sentyabr kuni Surxondaryo viloyatiga amalga oshirilgan tashrif doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova boshchiligida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Shu kuni Ombudsman qabuliga 20 nafarga yaqin fuqarolar kelib, ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilishdi.

Unda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik dalolatnomalarini qo‘llanilishida amaliy yordam berish, ishdan noqonuniy bo‘shatilgani sababli ishga tiklash, uy-joy va yer ajratish, ijtimoiy yordam, kredit va subsidiya olish masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Shu kuni qabul qilingan murojaatlarning barchasi Ombudsman nazoratiga olindi, bir nechta fuqarolarga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Maʼlumot uchun: Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Abdirashid Artiqovning fuqarolar qabuli har haftaning chorshanba, payshanba va shanba kunlari soat 09:00 dan 12:00ga qadar o‘tkaziladi.

Manzil: Termiz shahar At-Termiziy ko‘chasi 7A uy

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati