Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman rasmiy munosabati Zonadagi achchiq haqiqatlar tasdiqlanmadi
Internetning turli ijtimoiy tarmoqlarida, xususan Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 8 oktyabr kuni “ZONADAN ACHCHIQ HAQIQATLARNI ESHITINGLAR!” sarlavhasi bilan xabar va telefon orqali o‘tkazilgan muloqot yozib olingan audio yozuv eʼlon qilingan edi.

Xabarda, “Qashqadaryodagi kaloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum tazyiqlar ostida qolganini, unga kuch ishlatishayotganini aytgan.

Mazkur holat Ombudsman nazoratiga olinib, o‘rganilishi davomida mahkumning 35-son Manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotganligi maʼlum bo‘ldi.

2022 yilning 11 oktyabr kuni Ombudsmanning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili 35-son Manzil-koloniyaga tashrif buyurib, mahkum Sh.J. bilan holi tarzda uchrashib, suhbatlashdi.

Shuningdek, shu kuni Ombudsmanning masʼul xodimi mahkum Sh.Sh.ning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan telefon orqali holat yuzasidan suhbatlashdi.

Suhbat davomida, mahkum Sh.J. xodimlar tomonidan unga tan jarohati yetkazish holati bo‘lmaganligi, 2022 yilning 4 oktyabr kuni ertalabki umumiy tekshiruvdan so‘ng, koloniya bo‘yicha navbatchi mayor unga boshqa mahkumlar bilan birgalikda obodonlashtirish ishlarida ishlashi to‘g‘risida aytganligi, u sog‘lig‘i tufayli ishlay olmasligini bildirganligi, shunda mayor “ishlamasang ishlama” deb uni haqorat qilib, turkumga ketishiga ruxsat berganligi, shundan so‘ng unga nisbatan koloniya xodimlari tomonidan turli eʼtirozlar bildirila boshlanganligi uchun u yopiq turdagi koloniyaga o‘tkazilishdan qo‘rqayotganligini bildirgan.

Mahkum bilan telefon orqali o‘tkazilgan suhbat davomida, u “Nasafnews” muhbiriga emas “Milliy” telekanaliga huquqiy yordam so‘rab qo‘ng‘iroq qilganligini maʼlum qilgan.

Shuningdek, qaramog‘ida 80 yoshdn oshgan buvisi borligini, yaqin qarindoshlari u bilan uzoq muddatli uchrashuvga kelishga qiynalayotganligini inobatga olib, kelgusi jazo muddatini o‘tash uchun yashash joyiga yaqin bo‘lgan koloniyalarga o‘tkazilishida amaliy yordam so‘radi.

Mahkum Sh.J.ning mazkur murojaati Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, shu yilning 12 oktyabr kuni belgilangan tartibda va insonparvarlik tamoyiliga asosan ko‘rib chiqish uchun Jazoni ijro etish departamentiga Ombudsmanning xati yuborildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati