Ushbu tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi, viloyat Xalq qabulxonasi, viloyat Markaziy banki, Mahalla va nuroniylar qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, Dehqonobod tumani prokuraturasi, tuman IIB va Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvatlash bo‘limi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Dehqonobod tuman bo‘limi, tuman bandlik boshqarmasi, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Dehqonobod tuman bo‘limi, Xalq deputatlari Dehqonobod tuman kengashi deputatlari hamda “Yangi hayot”, “Istiqlol”, “Obod”, “Aerodrom”, “Dehqonobod”, va “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inlari nuroniy va faollari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Ombudsmanning Qashqadaryodagi mintaqaviy vakili “Ombudsman maktabi” loyihasining maqsadi va ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi haqida aholi xabardorligi oshirish maqsadida ushbu maktab orqali viloyatdagi mahallalar kesimida tadbirlarning o‘tkazilishiga alohida eʼtibor berilayotganini qayd etdi. Mintaqaviy vakil tadbir mavzusini tanlashda fuqarolar murojaatlariga asoslangani va maʼruzachilarga islohotlarni xalqchil tilda yetkazish vazifasi yuklatilganini taʼkidladi.
Fuqarolar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlar davomida turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan, kam taʼminlangan oilalar muammolarini xal etishda viloyat banklari tomonidan tumanda amalga oshirilgan ishlar, fuqarolarning imtiyozli kreditlar va subsidiyalarni olish tartibi haqida maʼlumot berildi.
Savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan tadbirda mutasaddi tashkilot rahbarlari fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berdilar va baʼzilari joyida hal etildi.
Tadbir yakunida mintaqaviy vakil tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazilib, bir necha fuqarolarning murojaatlari nazoratga olindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati