Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryodagi chekka hududlardagi mahallalarda sayyor qabul tashkil etilmoqda
2022 yilning 13 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanalararo sudi sudyasi S.Mirzaboyevlar tomonidan Mirzaobod tumani, “Do‘ngariq” MFY “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Viloyat markazidan uzoqda joylashgan ushbu mahallada yashovchi 10 nafardan ziyod xotin-qizlar murojaatlari o‘rganildi. Ularning 4 nafariga o‘ylantirib kelayotgan muammolarini bartaraf etish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

3 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi, Qolgan murojaatlar esa Ombudsman mintaqaviy vakili tomonidan ijro uchun qabul qilindi.

Jumladan, fuqaro Y.S.ning ijtimoiy sharoiti og‘ir bo‘lishiga qaramay farzandiga 18 yoshgacha bo‘lgan bola puli berilmagani bo‘yicha murojaati nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga rasmiy xat yuborildi.

Yana bir fuqaro 2-guruh nogironi bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining oyog‘ini operatsiya qilishda amaliy yordam so‘radi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati