Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
2022 yilning oktyabr oyida yana 38 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi
Mustaqil komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘istonda o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.

Komissiya tomonidan fuqaro murojaatlarini o‘rganish davomida sodir etgan qilmishiga pushaymon va ijtimoiy sharoiti og‘ir bo‘lgan gumonlanuvchilarning ikkinchi ro‘yxati shakllantirilgan va ularni oilasiga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan edi.

Amalga oshirilgan ishlarning amaliy natijasi sifatida 2022 yilning oktyabr oyida yana 38 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi

Joriy yilning 13 oktyabr kuni Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni mustaqil ravishda o‘rganayotgan Komissiya aʼzolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan 16 nafar gumonlanuvchini jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi.

Joriy yilning 12 oktyabr kuni ham 22 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida qo‘yib yuborilgan edi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati