Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiydagi “Ombudsman maktabi” tadbiri aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan islohotlarga bag‘ishlandi
Maʼlumki, “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida respublika bo‘ylab mamlakatimizda fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan tub o‘zgarishlar, ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlar, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirishda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, aholiga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida fuqarolarning xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.

2022 yilning 17 oktyabrida Navoiy viloyatining Nurota tumanida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan navbatdagi tadbir aholi bandligini taʼminlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash borasidagi islohotlarga bag‘ishlandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Navoiy viloyati mintaqaviy vakili tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Sh.Nabiyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosari L.Abdullayev, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i L.Xayrullayev, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.Mardonqulov tomonidan ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyati to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.

Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djurayev vakil faoliyatining asosiy prinsiplari, Ombudsmanning mintaqaviy vakiliga murojaat qilish usullari va vositalari, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tartibi, ularning ko‘rib chiqilishida vakilning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Tadbirda ishtirokchilari inson huquq va erkinliklarini taʼminlash sohasida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarning muhim ekanligiga eʼtibor qaratib, bunday uchrashuvlarni mahallalar kesimida va mehnat jamoalarida ham muntazam o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatladilar.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati