Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston delegatsiyasi bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘z ishini boshladi
Bugungi kunda turli yoshdagi bolalar o‘rtasida, shuningdek o‘quvchi va o‘qituvchilar, taʼlim muassasalarining boshqa xodimlari hamda oilalarda bolaga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazish holatlari - bulling ko‘payib bormoqda (bulling - bolalar va o‘smirlar o‘rasidagi zo‘ravonlik). Bolalarga zo‘ravonlik negativ oqibatlarga, tan jarohati yetkazilishi, eng ayanchlisi o‘lim holatlariga olib kelmoqda.

Bullingga” qarshi kurashish kompleks ravishda ko‘plab davlatlarda amalga oshirilmoqda.

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni o‘z vaqtida oldini olish va sog‘lom psixologik muhitni rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar ishlab chiqilgan.

O‘zbekistonda ham doimiy ravishda bolalar va o‘smirlarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Moliya vazirligi vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘z ishini boshladi.

Delegatsiya aʼzolari “Anacostia Senior High School” maktabida bo‘lib maktabda bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar bilan tanishdi. Bullingga qarshi kurash bo‘yicha turli tashkilotlar vakillari tomonidan delegatsiya aʼzolari uchun trening o‘tkazildi.

Shuningdek, Amerika Kengashlari katta vitse-prezidenti Maykl Kertis bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida AQSH Adliya vazirligi, Politsiya departamenti, Oila va bolalar masalalari agentligi, Taʼlim vazirligi, Bolalar qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish vazirligi, YUNISEF va boshqa idoralar bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi samarali kurashish tizimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.