Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiyda mahkumlar Ombudsman vakili bilan uchrashishni so‘rashdi
Navoiy shahridagi 11-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazildi. Shu yilning 13 oktyabr sanasida o‘tkazilgan so‘rovnomada, “Siz qaysi tashkilot vakillarining koloniyaga kelib sayyor qabul o‘tkazishini xohlaysiz?” degan savolga mahkumlarning aksariyat qismi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) murojaatlari borligini bildirishgan.

2022 yilning 24 oktyabr kuni so‘rov natijalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Djurayev 11-son JIEKga tashrif buyurdi. Shu kuni Ombudsmanning Navoiydagi mintaqaviy vakili, Beshinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i podpolkovnik I.A.Sherov va koloniya boshlig‘i podpolkovnik A.L.Ashirovlar ishtirokida koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda 20 nafar mahkumlarning murojaatlari tinglanib har bir mahkumning mavjud bo‘lgan muammolari o‘rganib chiqildi. Shulardan 1 nafar mahkumning murojaati joyida ijobiy hal yetildi, 9 ta murojaat ijroga qaratildi va 10 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish berildi. 

Sayyor qabul davomida murojaatlarni o‘rganish bilan birga mahkumlarga belgilangan ichki tartib-qoidalarga amal qilishlari, tartibbuzarliklar sodir etmasligi, taqiqlangan narsa buyumlardan foydalanmasligi, mehnatga vijdonan yoshdoshishi, o‘z majburiyatlarini bajarilishi bo‘yicha tavsiyalar va tushunchalar berildi.

Shundan so‘ng mintaqaviy vakil muassasa oshxonasi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash holati va belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini har bir mahkumga tasdiqlangan meʼyorlar asosida berilishi, yotoqxonalar, omborxonalar, yuvinish xonalarining holati va tozaligi, mahkumlarga tibbiy xizmat ko‘rsatilishi va dori-vositalarining taʼminoti darajasi bilan tanishdi.

Amalga oshirilgan tashrif yakuni bo‘yicha muassasa maʼmuriyatiga tegishli tavsiyalar berildi

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati