Ushbu xabarga aniqlik kiritish maqsadida, Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Husanov 23 otyabr kunining o‘zida Samarqand viloyatidagi 7-son Tergov hibsxonasiga borib, mahbus A.E. bilan holi tarzda uchrashdi.
Suhbat davomida mahbus A.E. xabarda ko‘rsatilgan holatlarni tasdiqlab, unga nisbatan tan jarohati yetkazilganligini maʼlum qildi va holat o‘rganilib, tegishli xodimlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishida amaliy yordam so‘rab Ombudsman nomiga murojaat qildi.
O‘rganish davomida mahbusning tibbiy holatiga oid maʼlumotlar ham olindi.
Mahbus A.E.ning murojaati va yuqorida qayd etilgan xabarlar yuzasidan tekshiruv har tomonlama, to‘liq va qonuniy o‘tkazilishini bo‘yicha Ombudsman nomidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat qilindi.
Eslatib o‘tamiz, “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, Ombudsman huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlariga qiynoqqa solish holatlarini aniqlash hamda ularni tezkor bartaraf etish bo‘yicha talabnomalarni tegishli davlat organiga taqdim qilish va qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish kabi vazifalar yuklatilgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan jamoatchilikka batafsil maʼlumot taqdim etilishi maʼlum qilinadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati