Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qoraqalpog‘istondagi voqealarda ishtirok etgan yana 35 nafar ayblanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi
Komissiya tomonidan fuqaro murojaatlarini o‘rganish davomida sodir etgan qilmishiga pushaymon va ijtimoiy sharoiti og‘ir bo‘lgan ayblanuvchilarning uchinchi ro‘yxati shakllantirilgan va ularni oilasiga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan edi.

Komissiya aʼzolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan 2022 yilning 1 noyabr kuni yana 35 nafar ayblanuvchini jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi.

Maʼlumot uchun, shu yilning 30 avgust kuni 34 nafar, 13-14 oktyabr kunlari 38 nafar Mustaqil Komissiya tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatdagi ayblanuvchi oilasi bag‘riga qaytarilgan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya tashabbusi bilan yaqinlari bag‘riga qaytarilgan ayblanuvchilar soni 107 nafarga yetdi.



Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati