Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Surxondaryodagi Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun muruvvat internat uyidagi sharoitlar o‘rganildi
2022 yil 3 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Abdurashid Artikov Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun muruvvat internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun muruvvat internat uyida 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalikdan nogiron bo‘lgan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga moslashtirilgan. “Muruvvat” internat uyida 150 nafar vasiylikka olingan bolalar  bo‘lib, ularga 204 nafar xodim tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishadi.

O‘rganish davomida muassasada yashayotgan bolalarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlariga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, 2022 yil davomida bolalar ikki marotaba bahorgi hamda kuzgi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani maʼlum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, “Muruvvat” internat uyida ovqat tayyorlash autsorsing shartnomasi asosida “Zamin agrofood” MCHJ tomonidan tayyorlanib kelinadi. Monitoringda davomida ovqatlar sifati va oshxonaning sanitariya-gigiyena talablariga oid kamchiliklar aniqlanmadi. Mintaqaviy vakil tomonidan menyu va kalkulyatsiyalar ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi tavsiya qilindi.

Shuningdek, muassasada boshqa viloyatlardan bolalarini ko‘rish uchun keladigan ota-onalar, bolalari bilan biron kun birga bo‘lishlari uchun  barcha sharoitlarga ega bo‘lgan kichik mehmonxona yoki yotoqxona qurish ham tavsiya qilindi.

Monitoring doirasida xodimlarga yaratilgan sharoitlar va ular huquqlarini qay darajada taʼminlanayotganlik masalalari ham o‘rganildi. Xodimlardan shikoyatlar kelib tushmadi, lekin “Muruvvat” internat uyida ishlayotgan pedagog xodimlarning muntazam malakasini oshirish borasida kamchilliklar aniqlandi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati