Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Davlat rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Taʼkidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan.
Shuningdek, Vakil fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar tahliliga tayanib, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Bu esa o‘z navbatida ularni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda talabalar Ombudsman faoliyatiga oid bilimlarini yana-da mustahkamlashdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati