Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Farg‘onada vafot etgan 15 yoshli bola o‘limida ayblanayotgan bolalar bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi Voyaga yetmaganlarga huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlangan 9-sinf o‘quvchisi A.R. vafot etgan edi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan marhumning 17 oktyabr kuni markazda vaqtincha saqlanayotgan 6 nafar bolalarga qo‘shilganidan so‘ng, ushbu bolalar yotoqxonasida xonadagi bolalar bilan o‘zaro gap talashib, janjal kelib chiqish oqibatida marhum A.R. do‘pposlanib unga og‘ir tan jarohati yetkazilgani aytilgan edi.

2022 yilning 18 noyabr kuni Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova Fargona viloyat prokuraturasida 15 yoshli Voyaga yetmagan A.R. o‘limida ayblanayotgan va qamoqqa olingan A.E. va K.S. bolalar bilan uchrashdi.

O‘zaro suhbat davomida qo‘lga olingan A.E. va K.S. ularga qo‘yilgan aybni tan olishdi va o‘zlariga nisbatan qiynoq, ruhiy va jismoniy bosim qo‘llanilmaganini va advokatlar bilan taʼminlanishganini bildirishdi.

Bolalar Ombudsmani huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan muloqotda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 noyabr kuni Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova Farg‘ona viloyati Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati hamkorligida Qo‘qon shahridagi IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazining faoliyatini o‘rgangan edi. Markazda monitoring davomida aniqlangan xato va kamchiliklar bartaraf etilishi yuzasidan tegishli vazirlik hamda idoralarga Bola huquqlari bo‘yicha vakilning taklif va tavsiyalari yuborilgan.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati