Tibbiy ko‘rikka viloyatning eng malakali xirurg, travmatolog, okulist, nevropatolog, kardiolog, endikrinolog va gastroenterolog va laborant-mutaxassislar, maxsus tibbiy anjomlar va dori vositalari bilan taʼminlangan mobil avtobus jalb etildi.
5-sonli tergov hibsxonada saqlanayotgan 70dan ortiq mahkum va mahbuslar malakali shifokorlar tibbiy ko‘rigidan o‘tkazildi va kerakli dori vositalari tarqatildi.Bundan tashqari Ombudsmanning Qashqadaryo viloyati mintaqaviy vakili tomonidan tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslar bilan yakka tartibda sayyor qabul o‘tkazildi. Unda mahbuslar tergov jarayonlaridan noroziliklari va sud jarayonlarida Ombudsman mintaqaviy vakilining ishtirok etish bo‘yicha murojaat qilishdi.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati