Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Samarqand viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
2022 yilning 14 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili D.Xusanov tomonidan Narpay tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasi va Kattaqo‘rg‘on shahridagi Maʼmuriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun Maxsus qabulxonada monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Monitoring tashrifi davomida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarda yaratilgan shart-sharoitlari, xususan, yotoq joylari, oshxonalar, hammomlar, kameralar holati, kutubxonalar, davolash-profilaktika yordam ko‘rsatish bo‘limlari va qisqa muddatli uchrashuv xonalari o‘rganildi.

Shuningdek Narpay tuman vaqtincha saqlash hibsxonasining yangidan taʼmirlanganiga qaramasdan monitoring kunida yuvinish xonalari yaroqsiz holatda ekani, nasos buzilganligi uchun suv ham yo‘qligi aniqlandi.

Bundan tashqari qisqa muddatli uchrashuv xonasidagi gaplashish uchun mo‘ljallangan telefon apparati bir taraflama o‘rnatilgan bo‘lib vaqtincha saqlanadigan shaxslarning oila aʼzolari bilan gaplashish imkoni yo‘qligi aniqlandi.Bundan tashqari qisqa muddatli uchrashuv xonasidagi gaplashish uchun mo‘ljallangan telefon apparati bir taraflama o‘rnatilgan bo‘lib vaqtincha saqlanadigan shaxslarning oila aʼzolari bilan gaplashish imkoni yo‘qligi aniqlandi.

Kattaqo‘rg‘on shahridagi Maʼmuriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun Maxsus qabulxonada monitoring davomida 29 nafar fuqarolar saqlanayotganligi aniqlandi.

Maxsus qabulxonada tibbiyot xonasi va tibbiyot xodimi shtati mavjud emasligi aniqlandi. Tibbiy yordamga zarurat tug‘ilganda Kattaqo‘rg‘on shahar shifoxonasidan shifokorlar chaqirilish belgilangan. Maxsus qabulxonada saqlanayotganlar bilan suhbat o‘tkazildi ularning asosiy qismi ichkilik oqibatida YXXB xodimlari tomonidan aniqlanib sud ajrimi asosida saqlanayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, kutubxonalarda huquqiy, diniy va badiiy adabiyotlar mavjudligi va ulardan foydalanish uchun sharoitlar yaratilgani maʼlum bo‘ldi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati