Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha barcha sud jarayonlarida ishtirok etadi
Buxoro viloyat sudida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayonlari davom etmoqda.

Milliy gvardiya hamda Bosh prokuratura masʼullarining iyul oyidagi ommaga eʼlon qilgan maʼlumotlarida namoyishlardagi ishtiroki uchun 516 kishi qo‘lga olingani maʼlum qilingan edi. Jamoatchilikda qolgan shaxslar qayerda degan mazmundagi savollar yuzaga keldi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Mustaqil komissiya shuni maʼlum qiladiki, sud jarayonlarida 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, qo‘lga olinganlarning 107 nafari Komissiya tashabbusi bilan jamoat kafilligi va qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilishi orqali o‘z oilasi bag‘riga qaytarilgan. Qolgan shaxslar esa maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Sud majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya aʼzolarining maʼlum qilishicha, sud jarayonlari qonunchilikka muvofiq o‘tkazilmoqda.

29 noyabr kungi sud jarayonlarida namoyishlarga boshchilik qilgan Dauletmurat Tajimuratovga nisbatan guvohlarning fikrlari o‘rganilmoqda. Komissiya jarayonlarni kuzatib bormoqda.

 Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati