Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bola huquqlari bo‘yicha vakil bolalardan sovuq kunda bezak sifatida foydalangan shaxslarga chora ko‘rishni so‘rab Qashqadaryo viloyati hokimiga murojaat qildi
Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda sovuq kunda bolalarni yupun kiyingan holatda maktabdan tashqari vaqtdagi tadbirga jalb etilgani haqidagi xabarlar keng jamoatchilikning o‘rinli eʼtirozlariga sabab bo‘ldi.

Xalq taʼlimi vazirligi matbuot kotibi, ushbu surat yoshlar daftarida turganlarga navbatdagi subsidiya asosida mehnat qurollarini va to‘lovlar uchun sertifikatlar topshirish marosimidan olinganligini maʼlum qildi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova, bolalarning maktabdan tashqari vaqtlarda tadbirga jalb etilishi va eng achinarlisi, sovuq ob-havo sharoitiga qaramay ularning yupun kiyimlarda ekanligi ushbu hududdagi har bir mutasaddining aybi, deb hisoblaydi.

Aslida, bola huquqlarini himoya qilishda barcha davlat organlari bir hil masʼul hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan Bolalar Ombudsmani Qashqadaryo viloyati hokimiga xabarlarda ko‘rsatilgan holatlarni tezkorlik bilan qonuniy o‘rganib, aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini o‘z nazoratiga olishini so‘radi.